Avstraliyalik Don Richi umidsizlik va hafsalasizlikka tushgan kishilarning sevimli makoni — The Gap qoyasi yonginasida yashab, ularning hayotini saqlab qolish uchun har kuni bu yerga kelgan kishilarni kuzatdi, deb yozadi “Adme.ru”.
Joniga qasd qilish niyatidagi kishilarni ko‘rganida, Don ularni suhbatga tortgan, shundan so‘ng ularni uyga kirib, bir piyola choy ustida muammolari haqida so‘zlab berishga taklif qilgan. U odamlarni yashashda davom etib, muammolar bilan kurashishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lardi. Donning o‘zi esa onkologik kasallikdan azob chekkan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Don 163 kishining hayotini saqlab qolgan, va buning uchun ko‘p bora mukofotlangan. 2010-yilda esa u va rafiqasi yil fuqarolari bo‘lgan. Richining qarindoshlari u aslida 500 dan ziyod kishini qutqarganini ta’kidlaydi.
Don Richi 2012-yilda 86 yoshida vafot etdi.
Izoh (0)