Qozog‘istonning Aktau shahridagi aeroportda SCAT aviakompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi, deya xabar bermoqda “Forbes.kz”.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q, hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Yong‘in yo‘lovchi va yuklar tushirib bo‘linganidan so‘ng, texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida sodir bo‘lgan.
Guvohlar bevosita yong‘in oldidan qarsillagan ovozni eshitgan — bu samolyotdagi kislorod balloni portlaganini bildirishi mumkin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni 80 kvadrat metrni tashkil qiladi. Havo kemasining ahvoli “tiklab bo‘lmaydigan” deya baholanmoqda.
Izoh (0)