Eng yuqori turmush darajasiga ega davlatlar sifatida Shveysariya, Germaniya va Shvetsiya tan olindi, deya xabar bermoqda “Finmarket.ru” “Numbeo.com” sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib.
Keyingi o‘rinlarni AQSh, Finlyandiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Kanada va Yangi Zelandiya egalladi.
Natijalar bilan tanishib chiqqan Britaniya OAVlari yozishicha, 16-o‘rinda joylashgan Buyuk Britaniyani Turkmaniston bir pog‘onaga ortda qoldirgan.
So‘rovga ko‘ra, Shveysariyada iste’molchilik imkoniyatlarining, Yaponiyada esa sog‘liqni saqlashning eng yuqori darajalari qayd etilgan.
Reytingni tuzishda xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, chakana narxlar, iste’molchilik imkoniyatlari, transport bilan bog‘liq vaziyat, havo ifloslanishi, ko‘chmas mulk narxi hisobga olindi.
Turmush sifatining eng past ko‘rsatkichlariga ega davlatlar Kamboja, Bangladesh, Misr, Vyetnam, Mongoliya, Kuba va Venesuela bo‘ldi.
Izoh (0)