Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida dam olish kunlari qo‘shimcha tarzda harakatlanadigan 764/763 raqamli “Afrosiyob” poyezdining qatnovi bekor qilinadi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” OAJ axborot xizmatining tarqatgan xabariga ko‘ra, yo‘lovchilar oqimining kamayishi munosabati bilan 20-iyundan boshlab poyezd harakatlanishdan to‘xtatiladi.
Ma’lumot uchun, “Afrosiyob” poyezdlari Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida har kuni (dam olish kunlari ham) 760/759 va 762/761 raqamli ikkita reysni amalga oshiradi.
Izoh (0)