Xitoyning Shandun provinsiyasidagi Jichjao shahrida 16-iyun kuni ustav kapitali 60 million yuanga teng Markaziy Osiyo logistika parkini tuzish haqida e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Bunday e’lon Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, XKP MQ siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Men Szyanchju, O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Valeriy Dil hamda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 300 dan ortiq vakillar qatnashayotgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” hamkorligi bo‘yicha uchinchi forumda qilindi.
Markaziy Osiyo logistika parki “Jichjao porti” birlashmasi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston korxonalari hamkorligida quriladi.
120 ming kvadrat metr maydonni egallovchi park bojsiz omborlarga joylash, xalqaro logistika, tranzitli tashuvlar, import, eksport va tranzit savdo-sotiq sohalarida xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)