Rossiyaning “Novikombank”i O‘zbekistonning Invest Finance Bank banki bilan “Kommercheskiye avtomobili — Gruppa GAZ” avtomobillarini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha ikkita bitim tuzdi, deb xabar bermoqda “Bank.ru”.
“Novikombank” Invest Finance Bank chiqargan akkreditivlarni tasdiqlovchi va moliyalashtiruvchi bank vazifasini o‘z zimmasiga olgan. “Bekole-Biznes” va “Tashtib-Tex” MChJlar O‘zbekiston tomonidan import qiluvchilar bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Novikombank” Rossiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi mashinalarini yetkazib berishni “Eskar” aksiyadorlik jamiyati ko‘magida 2013-yildan buyon moliyalashtirib keladi.
Izoh (0)