Fiat Chrysler Automobiles bosh direktori Serjio Markionne xedj-fond va boshqa potensial ittifoqdoshlardan General Motors’ni uning kompaniyasi bilan qo‘shilishga undashni so‘radi. Bu haqda vaziyatdan xabardor kishilar ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
GM’ni may oyida 5 milliard dollarlik aksiyalarni sotib olishga undagan aktivist investorlarning muvaffaqiyatlari Markionneni ruhlantirdi.
Bundan tashqari, u shunga o‘xshash strategiyani kamida yana bir yevropalik ishlab chiqaruvchiga nisbatan qo‘llashi mumkin.
Markionne o‘zi boshqarayotgan konsern daromadli bo‘lishiga qaramay, ko‘p vaqtlardan buyon chiqimlarni kamaytirish uchun avtomobil sohasidagi birlashuvga da’vat qilib kelmoqda.
Izoh (0)