“Barselona” klubi hujumchisi Neymar jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Amerika Kubogi yakunlanganidan so‘ng 23 yoshli hujumchi 2020-yilgacha bo‘lgan yangi shartnomaga imzo chekadi.
Unga ko‘ra, braziliyalik iqtidor egasi yiliga 12 million yevro maosh oladi. Bu borada Neymar “Barselona” klubida Lionel Messidan keyin eng ko‘p maosh oluvchi ikkinchi futbolchiga aylanadi.
Izoh (0)