Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo bo‘yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan musobaqa bu yil XXI marotaba tashkil etildi. Unda O‘zbekiston dzyudochilaridan tashqari qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan polvonlar tatamiga chiqdi.
Xalqaro xotira turniri yakunida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik dzyudochilar 11 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
To‘rtta oltin, shuncha bronza va 1 ta kumush medal bilan taqdirlangan tojikistonlik dzyudochilar ikkinchi, 1 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lgan qozog‘istonlik polvonlar uchinchi o‘rinni band etdi. Qirg‘iziston terma jamoasi bittadan kumush va bronza medali bilan ortga qaytdi.
Izoh (0)