O‘zbekistonlik Yahyo Imomov Budapeshtda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri turnirida g‘olib bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Hal qiluvchi bellashuvda fransiyalik Alayn Shmitga qarshi bel olishgan Imomov vazari bahosi bilan zafar quchdi. Ta’kidlash joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng dzyudochimiz jahon reytingi va Rio Olimpiadasi uchun ham qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.
Bronza medallari gretsiyalik Roman Moustopoulos va germaniyalik Sven Mareshga nasib etdi. Afsuski, 100 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Ramiziddin Saidov bronza medali uchun kechgan bellashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)