Reykyavik portida Rossiyaning yelkanli “Kruzenshtern” o‘quv kemasi Islandiya sohil qo‘riqlash xizmatining ikki kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
Hozirgi vaqtda “Kruzenshtern” Reykyavik portida turibdi. Xabar berishlaricha, bark jamoasi tergov natijalari va yetkazilgan zarar hisob-kitobini Reykyavikda kutishga rozi bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, Islandiya kemalaridan biri suzish uchun yaroqsiz ahvolga kelgan.
Islandiya harbiy-dengiz kuchlari zarar ko‘rgan kemalarning ta’miri uchun Rossiya kemasining sug‘urta kompaniyasidan pul undirish niyatida.
Izoh (0)