Angliyalik o‘quvchi Tom Vegg ekzosayyorani kashf etgan ayni vaqtdagi eng yosh inson bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
15 yoshli o‘quvchi gazdan iborat gigant ekzosayyorani ikki yil avval - Keele University in England’da amaliyot o‘tayotganida kashf qilgan edi.
Keyingi kuzatuvlar natijasida uning kashfiyoti rasman tasdiqlandi, Yerdan bir ming yorug‘lik yili masofada joylashgan sayyoraga WASP-142b deb nom berildi.
WASP-142b’ning kashf etilgani haqidagi fakt Shveysariyadagi Jeneva va Belgiyadagi Lyej universiteti astronomlari tomonidan tasdiqlandi.
WASP-142b – qaynoq yupiter bo‘lib, uning o‘lchamlari Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora – Yupiterniki bilan deyarli teng, faqat u o‘z yulduziga nisbatan yaqin joylashgan.
Izoh (0)