O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov JCh chorak finalidan o‘rin olgan Senegal U-20 termasiga qarshi o‘yin oldidan FIFAning rasmiy saytiga qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Senegal termasi yaxshi tayyorgarlikka ega juda kuchli jamoa. Ular jismoniy jihatdan ancha baquvvatlar. O‘ylashimcha, bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi.
Ammo biz ortga chekinish niyatida emasmiz. G‘alaba uchun borimizni berib harakat qilamiz”, — deydi Haydarov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Senegal o‘rtasidagi uchrashuv 14-iyun Toshkent vaqti bilan 09:30 da boshlanadi.
Izoh (0)