Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal “Barselona” himoyachisi Xerard Pikening so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Chempionlik paradi vaqtida Pike Krishtianu Ronalduning tug‘ilgan kuni ziyofatida ishtirok etgan didjeyga minnatdorchilik bildirgan.
“Pikening so‘zlarida haqoratli hech narsa sezmadim. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, ‘Barselona’ni bu mavsumdagi ajoyib natijalari bilan tabriklayman” — deydi Karvaxal.
Avvalroq, “Real” rahbariyati klubning matbuot xizmatiga “Barselona”ni tabriklamaslikni tayinalagani xabar qilingan edi.
Izoh (0)