Fransiyaning kunlik auditoriyasi 10 million kishidan ortiq bo‘lgan yetakchi davlat telekanali — France 2 da O‘zbekistonning afsonaviy shaharlari — Samarqand va Buxoro to‘g‘risida maxsus reportajlar namoyish etildi, deb xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Ushbu reportajlar Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seriyaning tarkibiy qismlari bo‘lib, uning birinchi sonlarida Xitoyning turli viloyatlari haqida so‘z yuritilgan edi. Reportajlar 2015-yil may oyida O‘zbekistonga kelgan France 2 muxbirlari A. Mikozi va P. Ashere tomonidan tayyorlangan.
Reportajlarda Samarqand va Buxoroning tarixiy obidalari, hozirda ularni yaxshi saqlash uchun restavratorlar tomonidan qilinayotgan ishlar, o‘zbek palovi va boshqa milliy taomlar, mehmondo‘st aholi, shuningdek O‘zbekiston tarixiy shaharlarida xalqaro turizm infratuzilmasining rivoji haqida so‘z borgan.
Izoh (0)