Amerikaning Big Toyz Racing kompaniyasi Ford Excursion yo‘ltanlamasi uslubida yasalgan bigfut limuzinni sotuvga qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”.
Bigfutning gabaritli uzunligi 9,75 metr, balandligi 3,65 metr, eni 3,59 metr, g‘ildirak bazasi esa 7,1 metrga teng. Uning og‘irligi 6,8 tonnani tashkil etadi.
Mashina 700 ot kuchiga teng sakkiz silindrli, 8,5 litr hajmidagi benzinli dvigatel yordamida harakatga keladi.
Haydovchi o‘rindig‘i o‘rtada joylashgan, salonda esa yo‘lovchilar uchun 12 ta kreslo bor. Avtomobil kompaniya tomonidan Las-Vegasda sayyohlarni cho‘l bo‘ylab aylantirish uchun ishlatilgan.
Izoh (0)