2015-yilning yanvar—may oylarida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasining 8622 ta avtomobili sotildi. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 58,7 foizga kam demakdir.
Mayda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan savdo-sotiq hajmi 55,7 foizga kamayib, 1558 donagacha tushib ketdi.
2015-yilning yanvar—mayida GM Uzbekistan AJ QK ning Rossiya bozoridagi ulushi 1,3 foizni tashkil etdi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 2 foizga teng bo‘lgan.
2015-yilning besh oyi yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)