Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limiga shu shaharda yashovchi ayol o‘z uyidan pul va tilla buyumlar o‘g‘irlangani haqida ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Voqea joyini ko‘zdan kechirgan ekspertlar o‘g‘ri uyga kalit tanlash yo‘li bilan kirganini aniqladi. O‘g‘irlangan narsalar ro‘yxatida jabrlanuvchi besh turdagi tilla taqinchoq va 2300 dollar miqdoridagi pulni ko‘rsatgan.
Tezkor surishtiruv tadbirlari professional tarzda olib borilishi natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan kishining shaxsi aniqlandi va tez orada qo‘lga olindi. U Samarqand shahrida yashovchi 22 yoshli yigit bo‘lib chiqdi. U o‘zining bu jinoyatga aloqadorligini inkor etmadi va begona uyga kalit tanlash yo‘li bilan kirganini tan oldi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)