BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonga mamlakatda oziq-ovqat vaziyatini yaxshilashdagi yutuqlari uchun sovrin topshiradi, deb xabar bermoqda UzDaily.
6—13-iyun kunlari Italiyaning Rim shahrida tashkilotning 39-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda 130 ga yaqin vazirlar, 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari, shuningdek boshqa yuqori darajadagi rasmiy vakillar qatnashadi.
7-iyun kuni Mingyillik rivojlanish maqsadlari doirasida yutuqlarga erishgan 15 ta davlatni taqdirlash bo‘yicha maxsus marosim o‘tkaziladi. Bular — Angola, Boliviya, Xitoy, Kosta-Rika, Dominikan Respublikasi, Gabon, Laos, Mali, Myanma, Mozambik, Nepal, Ummon, Solomon orollari, Surinam va O‘zbekiston.
Izoh (0)