O‘zbekistonda 2015-yilning yanvar—aprel oylarida poyezdlar 14 marta avtomobillar bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Tashkentskaya pravda” gazetasiga asoslanib “Gazeta.uz” xabar berdi.
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Allambergan Kalimbetovning so‘zlariga ko‘ra, 2014-yilning dastlabki to‘rt oyi bilan solishtirganda, to‘qnashuvlar soni uch marta oshgan.
2014-yil davomida poyezdlarning avtomobillar bilan jami 30 marta to‘qnashgani qayd etilgan bo‘lib, ushbu hodisalar oqibatida olti kishi halok bo‘lgan. Inspeksiya saytida yozilishicha, O‘zbekistonda 580 dan ziyod temir yo‘l va avtomobil yo‘llar kesishmalari mavjud bo‘lib, ularning faqat 28 foizi qo‘riqlanadigan kesishmalar toifasiga kiradi.
Izoh (0)