General Motors kompaniyasi Apple CarPlay va Android Auto tizimlari Chevrolet avtomobillarining 14 ta modeliga o‘rnatilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “3Dnews.ru”.
Ushbu tizimlar 2016-yilda chiqariladigan Spark, Malibu, Camaro, Corvette, Tahoe va Cruze singari 14 ta modeldagi 7 yoki 8 dyuymli ekranlarni o‘z ichiga oluvchi MyLink multimedia majmuasiga joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, Apple CarPlay va Android Auto texnologiyalari avtomobil elektronikasiga smartfonni ulash va uning funksiyalarini boshqarish imkonini beradi. Avvalroq e’lon qilingan Cruze yangi avlodining ichki ko‘rinishida ushbu tizimlar o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)