Xitoyning Tayan shahrida istiqomat qiluvchi asalarichi Gao Bingo o‘z tanasiga millionta asalarini qo‘ndirib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Korrespondent.net’ning xabar berishicha, tajriba vaqtida asalarilar uni 2 ming martadan ko‘proq chaqib olgan.
Erkakning tanasidagi asalarilarning umumiy og‘irligi 110 kilogrammga yaqin edi. Har bir kilogrammga kamida 10 mingta ari to‘g‘ri kelgan.
55 yoshli xitoylik ko‘pdan beri asalarichilik bilan shug‘ullanadi. Uni hatto “birinchi raqamli asalarichi” va Tayanning “asalari qiroli” deb ham atashadi. Qayd etishlaricha, Bingo bungacha 60dan ortiq sinovlarni o‘tkazib, mazkur tajribaga to‘liq tayyor holatda bo‘lgan.
Izoh (0)