Koreya Eksimbanki O‘zbekiston banklariga 3 milliard dollarga yaqin kreditlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bank vitse-prezidenti Kim Yong Ki Seulda o‘tkazilgan O‘zbekiston—Janubiy Koreya biznes-forumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda UzDaily.
“Jahon” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kim Yong Ki bugungi kunda Koreya Eksimbankining sarmoyaviy moliyalashtirish sohasidagi eng katta loyihalar majmuasi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelib, u 2 milliard dollardan ortganini e’tirof etgan.
“Biz o‘zbekistonlik sheriklarimizning kredit bitimlari doirasida o‘zlariga olgan majburiyatlarini benuqson va o‘z vaqtida bajarayotganini yuqori baholaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz O‘zbekiston banklariga sanoat va infratuzilmaning yetakchi tarmoqlarida strategik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 3 milliard dollar miqdoridagi kredit ajratish haqida bitimlarni tayyorlamoqdamiz”, — dedi Kim Yong Ki.
Izoh (0)