Belgiyaning Mexelen shahri prokuraturasi Skype internet xizmatiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ehtimoli bilan jinoiy ta’qibni boshladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Le Soir gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday qaror Skype tergovchilarga jinoiy harakatlarni sodir etganlikda gumon qilingan ikki shaxsning muzokaralarini tinglashga ruxsat bermagani uchun qabul qilingan. Tergovga binoan, asli armanistonlik ikki shaxs 2012-yilda kontrabanda mahsulotlari va o‘g‘irlangan mulk borasidagi muhokamalar uchun Skype xizmatlaridan faol foydalana boshlagan.
O‘shanda Skype Belgiyaning telefon operatori emasligi va Belgiya qonunchiligi unga amal qilmasligini aytib, gumonlanuvchilarning suhbatlari yozuvini prokuraturaga berishdan bosh tortgan. Mexelen prokuraturasi fikricha, bu vaziyatda Skype Belgiyaning telekommunikatsiyalar to‘g‘risidagi qonunini buzgan.
Izoh (0)