Dunyodagi eng keksa ayol — amerikalik Jeralin Telli 23-may kuni 116 yoshini nishonladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Michigan shtati Detroyt shahri tashqarisida yashovchi Telli hamisha faol hayot tarzini olib borgan va 104 yoshigacha bouling o‘ynashga qiziqqan. So‘nggi yillarda esa ancha tinchroq sport turi — baliq tutishni afzal ko‘rib qolgan. Uning qizi aytishicha, Jeralin o‘tkir aqlini saqlab qolgan va o‘z g‘amini o‘zi yeya oladi.
Sayyoradagi eng keksa ayol nomini Telli shu yilning aprelida — o‘z hamyurti, 116 yoshli Gertruda Uiver vafotidan so‘ng qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)