19—21-may kunlari Toshkentda o‘tkazilayotgan VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida Turin politexnika universiteti talabalari o‘zlarining shaxsiy elektrokarini namoyish etdi, deb xabar qiladi “Infocom.uz”.
Mashina quyosh batareyalarida ishlaydi. Ikki kishiga mo‘ljallangan avtomobil soatiga 35—40 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Quyosh batareyalari 400 vatt quvvat beradi. Quyoshli kunda quyosh batareyalaridan olingan elektr yordamida harakatlanish mumkin. To‘liq quvvatlangan akkumulyator 80 km yo‘lni bosib o‘tishga yetadi.
Kuzatuv qurilmasi sifatida planshet-navigator o‘rnatilgan.
Izoh (0)