Qozog‘istonda imtiyozli kredit berish dasturi amalga oshirilishi sharofati bilan mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi hajmi mart ko‘rsatkichlariga qaraganda 31,1 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Qozog‘iston avtobiznesi assotsiatsiyasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, yangi avtomobillarning rasmiy savdosi aprelda 9573 donaga yetdi (martda 8392 ta). Shu tariqa, bozor o‘tgan oyga nisbatan 14,07 foizga o‘sdi.
Aprelda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan 1168 ta avtomobil sotildi. Ular orasida Hyundai Elantra, Toyota Fortuner, SsangYong Nomad, Skoda Rapid, Iveco 682 Tipper, Peugeot 301 ayniqsa ommabop bo‘ldi. Yengil avtomashinaning o‘rtacha narxi 18 887 ming dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)