O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Parij shahrida start olgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi yilning ikkinchi nufuzli musobaqasi – “Rolan Garros”, ya’ni Fransiya Ochiq chempionati saralash bosqichida omadsizlikka uchradi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Saralash bahslarida 23-raqam ostida tasniflangan o‘zbekistonlik sportchi ilk davradayoq avstraliyalik Lyuk Saveliga uch set natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Taqqoslash uchun, Do‘stov dunyo reytingida 130, Saveli esa 222-o‘rinni egallab turibdi. Endi asosiy to‘r bahslarida birgina Denis Istominga muxlislik qilamiz.
Izoh (0)