Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ta’kidlashicha, Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va uning tarafdorlariga nisbatan qatl hukmi Misrning xalqaro majburiyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan sud ishi natijalariga ko‘ra chiqarilgan. Bu haqda Yevroittifoq saytiga tayanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha YeI vakili so‘zlariga ko‘ra, xalqaro standartlarga muvofiq Misr hukumati ayblanuvchilarning adolatli sud ishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga majbur. “Biz, YeIdagilar hukm shikoyat arizasi berilgach qayta ko‘rib chiqilishiga ishonamiz. Huquqlar barqarorligi va ustunligi kafolatlanishi kerak”, — deyiladi bayonotda.
Hujjatda, shuningdek Yevroittifoq har qanday vaziyatlarda o‘lim jazosiga qarshi chiqishi ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 16-may, shanba kuni ertalab Misr sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va “Musulmon birodarlar” tashkilotining 105 nafar tarafdori o‘lim jazosiga hukm qilindi. Hukm quyidagi jinoyat ishlari yakuni bo‘yicha chiqarilgan: qamoqxonadan ommaviy qochish, davlatga xiyonat va o‘z davlati foydasiga josuslik qilish. Davlatga xiyonat ishida Mursiyning ismi yo‘q edi. Misr sobiq prezidenti 2011-yili yuz bergan qamoqxonadan ommaviy qochish ishi bo‘yicha o‘limga hukm qilingan. Endi ushbu hukmni Misr oliy muftiysi tasdiqlab berishi kerak.
Izoh (0)