Xalqaro valyuta jamg‘armasining janob Raji Almarzoki rahbarligidagi missiyasi 2015-yilning 29-aprel – 12-may kunlari IV Moddaga muvofiq, 2015-yilgi maslahatlar o‘tkazish uchun Toshkentda bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Raji Almarzokining missiya ishi yakunlari to‘g‘risida bayonotida jumladan quyidagi raqamlar keltirilgan:
“O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy faollikning sustligi, shuningdek, neft narxi pastligi bilan ifodalanadigan murakkab tashqi sharoitda ham o‘z barqarorligini namoyon etmoqda. 2014-yilda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni tashkil etdi va bunday yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi. 2015-yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 7,5 foiz o‘sdi.
Davlat tomonidan katta hajmda investitsiyalar sarflanayotgani va gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga qayta yo‘naltirish strategiyasi ushbu bosqichda mamlakat iqtisodiyotini mintaqaning boshqa davlatlarida ro‘y berayotgan sekinlashishdan himoya qildi. Tashqi iqtisodiy mavqe mustahkamligicha qolmoqda, ammo joriy operatsiyalar hisob-kitobi bo‘yicha profitsit hajmi kamaygan”.
Izoh (0)