• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi: 2015-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish yuqori bo‘ladi

    Xalqaro valyuta jamg‘armasining janob Raji Almarzoki rahbarligidagi missiyasi 2015-yilning 29-aprel – 12-may kunlari IV Moddaga muvofiq, 2015-yilgi maslahatlar o‘tkazish uchun Toshkentda bo‘ldi. Raji Almarzoki missiya ishi yakunlari to‘g‘risida bergan bayonotini O‘zA tarqatdi.

    Foto: gazeta.uz

    Foto: gazeta.uz

    “O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy faollikning sustligi, shuningdek, neft narxi pastligi bilan ifodalanadigan murakkab tashqi sharoitda ham o‘z barqarorligini namoyon etmoqda. 2014-yilda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni tashkil etdi va bunday yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi. 2015-yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 7,5 foiz o‘sdi, — deyiladi bayonotda. — Davlat tomonidan katta hajmda investitsiyalar sarflanayotgani va gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga qayta yo‘naltirish strategiyasi ushbu bosqichda mamlakat iqtisodiyotini mintaqaning boshqa davlatlarida ro‘y berayotgan sekinlashishdan himoya qildi. Tashqi iqtisodiy mavqe mustahkamligicha qolmoqda, ammo joriy operatsiyalar hisob-kitobi bo‘yicha profitsit hajmi kamaygan. XVJ xodimlari tomonidan iste’mol narxlari indeksini hisoblashning muqobil uslubi asosida hisoblab chiqilgan yillik inflatsiya darajasi 2015-yilning mart oyini ham qo‘shganda bir raqamli ko‘rsatkichgacha pasaydi va taxminan 9 foizni tashkil etdi.

    Soliq-byudjet siyosati har doimgidek puxta amalga oshirilmoqda. 2014-yilda birlashtirilgan byudjetda kichik profitsit yuzaga kelgandan so‘ng, 2015-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha byudjet ijrosi muvozanati ta’minlandi. Bu byudjetda ko‘zda tutilganidan kam mablag‘ sarflangani bilan bog‘liqdir. Investitsiyalar hamon davlat xarajatlarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda.

    Pul-kredit siyosati ham moslashuvchanlik darajasida saqlanib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2014-yilning yanvar oyidan asosiy stavkani, qayta moliyalashtirish stavkasini 12 foizdan 9 foizga tushirdi. Iqtisodiyotda kreditlar hajmi yuqoriligicha qolmoqda. O‘zbek so‘mini almashtirish kursining pasayish sur’atlari O‘zbekistonning savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlar valyutasiga nisbatan ancha past.

    Bank sektori barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini saqlab qolmoqda. 2014-yilda garov ta’minotini ro‘yxatga olishning markazlashtirilgan tizimi joriy etilgani moliyaviy resurslardan foydalanishni kengaytirish imkonini berdi.

    Kelgusi istiqbol haqida so‘z borganda, shuni aytish kerakki, 2015-yilda iqtisodiy o‘sish, kutilganidek yuqori bo‘ladi. Bunga yaqinda qabul qilingan sanoat va infratuzilmani modernizatsiya qilish, shuningdek, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish hamda iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish imkonini beradigan xususiylashtirish va korporativ boshqaruv dasturlari samarasida erishiladi. Shunday bo‘lsa-da, qisqa muddat ichida O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari hisoblangan mamlakatlarda o‘sish sur’atlarining kutilganidan ham sezilarli darajada sekinlashishi bilan bog‘liq xavflarning kuchayish ehtimoli kuzatilmoqda. Valyuta zaxiralarining yetarliligi, byudjet sohasining mustahkamligi va davlat ulushi darajasining pastligini o‘z ichiga olgan salmoqli bufer zaxirasi hisobidan yuqorida keltirilgan omillar ta’sirining oldi olinadi. Tegishli iqtisodiy siyosat choralari, jumladan, soliq-byudjet siyosatining o‘rtacha yumshatilishi, qat’iy pul-kredit siyosati va moslashuvchan almashuv kursi qisqa muddatli davrda iqtisodiyotda salbiy ta’sirlarni yumshatish imkonini beradi.

    Aholi barcha qatlamlari manfaatlariga xizmat qiladigan barqaror va muvozanatli o‘sish sur’atlari xususiy sektorni izchil rivojlantirishni rag‘batlantirishga asoslangan. Bunda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, korporativ boshqaruv va oshkoralik prinsiplarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Rasmiy idoralar xususiy sektorni izchil rivojlantirishning ahamiyatini yaxshi tushunadi. Rasmiy idoralarning ta’kidlashicha, valyutani nazorat qilish choralarini yumshatish, asosiy infratuzilma va xomashyo resurslaridan foydalanishni kengaytirish, xususiy mulk huquqlari himoyasini ta’minlash, litsenziya va ruxsat berishni rasmiylashtirish bilan bog‘liq tartib-taomillar, muddat va xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, xususiy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash orqali xususiy sektorni rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu boradagi qat’iy choralar xususiy sektorni rivojlantirishga yangi turtki beradi.

    Shu munosabat bilan missiya rasmiy idoralarning energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va tartibga solinadigan narxlarni bosqichma-bosqich oshirish orqali energiya resurslari uchun mavhum subsidiyalarni qisqartirish bo‘yicha strategiyasini, shuningdek, davlat mulki bo‘lgan 1500 dan ziyod obyektni korporativ boshqarishni mustahkamlash va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorini ijobiy baholaydi.

    Rasmiy idoralarning soliq-byudjet statistikasini e’lon qilish orqali ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlash to‘g‘risidagi qarori ham e’tiborga molikdir. Muhim iqtisodiy va ijtimoiy axborotdan foydalanish va uning sifatini yanada oshirish amalga oshirilayotgan siyosatni haqiqiy ma’lumotlarni qo‘llash yordamida mustahkamlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan missiya rasmiy idoralarning milliy hisob-raqamlar statistikasi masalasi bo‘yicha texnik yordamni jalb etish borasidagi rejasini ma’qullaydi”.

    14.05.2015, 11:50   Izoh (0)   5488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sut mahsulotlari – bu kuch demakdir!

    14.05.2015, 11:21

    O‘zbekiston 2015-yil 1-choragida 860 ming tonna ko‘mir qazib oldi

    14.05.2015, 09:29

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Britaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    14.05.2015, 09:00

    O‘zbekistonda topinambur tuganaklaridan inulin va fruktooligosaxarid olish usuli ixtiro qilindi

    14.05.2015, 08:46

    O‘zbekistonda 2015-yilda 98 nomdagi yangi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi

    14.05.2015, 08:34

    O‘zbekiston 2015-yilning dastlabki uch oyida 49,6 mln dollarlik grantlarni jalb qildi

    13.05.2015, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsga olindi

    Dunyo | 13 avgust, 08:30

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.