• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sut mahsulotlari – bu kuch demakdir!

    Diyetolog-shifokor uchun sut mahsulotlari nima?

    – Bu kuch! Ha, hech qanday mubolag‘asiz shunday. Negaki, inson tug‘ilganidan keksayguniga qadar sut mahsulotlarini iste’mol qiladi. Katta yoshdagi kishilarning taomnomasida sut va sut mahsulotlarining bo‘lishi sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolarning oldini oladi. Axir, ularning tarkibida ko‘plab hayot uchun muhim bo‘lgan makro va mikro elementlar — 20 ta vitamin, kalsiy, temir, selen, fosfor va yod moddalari mavjud. Shu o‘rinda kalsiy haqida alohida so‘z yuritish joiz. U suyak va tishlar uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi, mushaklar harakati, asab faoliyati, qonning ivishi, terining elastikligi, soch va tirnoqlarning mustahkamligini ta’minlashda faol ishtirok etadi. Kalsiy yetishmasligi natijasida yosh o‘tgan sayin suyaklarda kalsiy miqdori kamayib, ularning mo‘rtlashish holati – osteoporoz vujudga keladi. Osteoporozda suyak sinish ehtimoli ko‘payadi, singandan keyin esa bitishi qiyinlashib, davolanish davri og‘riqlar bilan kechadi. Kalsiy yetishmasligida tomir tortishishi, oyoq va qo‘llarda uvishish, yurak urishining buzilishi, kariyes va immunitetning tushib ketishi kuzatiladi.

    Katta yoshdagi odamning bu makroelementga kundalik talabi 700 milligrammni tashkil etadi. Bir stakan sut kalsiyga bo‘lgan ehtiyojimizni 30 foizga qondiradi. Bir kunda atigi ikki stakan sut bilan 150 gramm tvorogni iste’mol qilish esa kalsiyga bo‘lgan kundalik talabimizni qondiradi. Shuni ham esda tutish lozimki, kalsiyni o‘zlashtirishda sut tarkibidagi D vitaminining o‘rni beqiyos.

    Antoniy Malkov – umumiy amaliyot shifokori, jarroh, diyetolog

    Antoniy Malkov – umumiy amaliyot shifokori, jarroh, diyetolog

    Sutning yog‘lilik darajasini tanlashda biror tavsiyalar mavjudmi?

    Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida oqsil, yog‘ va uglevodlar yetarli bo‘lishi talab etiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir kunda har kilogramm tana vazniga 1 grammdan ortiq bo‘lmagan yog‘ iste’mol qilish lozimligini tavsiya etadi. Agar qadoqda 6% deb yozilgan bo‘lsa, demak bu 100 gramm mahsulotda 6 gramm yog‘ borligini anglatadi, 2 % bo‘lsa – 2 gramm. Darvoqe, nima uchun nonushtaga tortiladigan taomlarda sut mahsulotlari ko‘p bo‘ladi, degan savol sizni hech o‘ylantirganmi? Sababi, yog‘ oshqozonda safro ajralib chiqishini tezlashtirib, hazm qilish jarayonini “uyg‘otadi”. Agar asosiy yog‘ manbai sut mahsulotlari bo‘ladigan bo‘lsa, yog‘liligi 2% yoki 3,2% bo‘lgan sutni tanlashingiz maqsadga muvofiqdir.

    Ozish uchun parhez tutayotgan odamlar yoki minerallar va vitaminlari uchun sutga ixtiyor qilganlar, yaxshisi, 1 foizli sut iste’mol qilganlari ma’qul. Sutning bunday turini, odatda sportchilar xush ko‘rishadi, negaki sut zardobidagi oqsil va kazein oson hazm bo‘ladi, jismoniy mashqlardan keyin mushaklarning tiklanishiga yordam beradi, shuningdek ortiqcha kilogrammlarning paydo bo‘lish xavfi tug‘ilmaydi. Bu sutda xolesterin miqdori kamligi bilan ham diqqatga sazovor bo‘lib, yurak-tomir kasalliklarida tavsiya etiladi. Faqat shuni inobatga olish joizki, bu turdagi sutda A va D vitaminlari deyarli bo‘lmaydi. Agar bunday sutni muntazam ravishda iste’mol qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, albatta mutaxassis bilan maslahatlashib olishingiz talab etiladi.

    O‘ta yog‘li sutni, masalan 6 foizlisini sof holatida, ammo kamroq miqdorda iste’mol qilish mumkin. Shifokorlarning fikricha, aynan yog‘li sut qon bosimi ko‘tarilib ketishidan xavotirda bo‘lgan qahvaxo‘rlar uchun ayni muddaodir. Sut tarkibidagi yog‘ zarralari kofein singishini sekinlashtiradi, demakki qon bosimi keskin ko‘tarilishining oldini oladi. Bundan tashqari qahva kalsiyni “yuvib” ketadi, sut tarkibidagi kalsiy esa organizmdagi kalsiy miqdorini tiklaydi.

    Qaysi sut afzal: qadoqlanganimi yoki bozordan xarid qilingani?

    Yaxshisi, qadoqlangan sutni olganingiz ma’qul. Birinchidan, yirik ishlab chiqaruvchilar xomashyo va tayyor mahsulotning sifati tarkibini nazorat qiladilar. Ikkinchidan, sutga maxsus termik ishlov beriladi: pasterizatsiya yoki sterilizatsiya (ultrayuqori haroratda ishlov berish, deb ham ataladi) qilinadi. Ultrayuqori haroratda ishlov berishda, masalan, sut atigi 5 soniya davomida 141°C gacha qizdiriladi, shundan so‘ng u zudlik bilan 4°C gacha sovutiladi. Bunda deyarli barcha zararli mikroorganizmlar nobud bo‘ladi, foydali elementlar esa saqlanib qoladi. Uchinchidan, siz sutning yog‘liligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

    Bozordan xarid qilingan sutni qaynatish talab etiladi. Agar unday qilinmasa, turli ichak kasalliklari, hatto brutsellyoz yuqtirib olish mumkin. Bu qo‘rqinchli kasallik bo‘lib, butun inson organizmiga zarar yetkazadi. Tadqiqotlarga qaraganda, brutsellyoz bilan og‘rigan bemorlarning 70 foizi xom sut ichishgan yoki xom sutdan tayyorlangan pishloq iste’mol qilishgan ekan.

    Uzoq muddat davomida yuqori harorat ta’sirida qaynatilgan sutdagi vitaminlar va oqsillarning bir qismi nobud bo‘ladi. Sutning boshqa foydali xususiyatlari ham yo‘qoladi.

    Hammaga ham sut iste’mol qilishi mumkinmi?

    Afsuski, ayrim odamlar laktozani ko‘tara olmaydi. Ingichka ichak yetarli miqdorda laktoza fermenti ishlab chiqarmagani bois bunday kishilar organizmi laktozani parchalash xususiyatiga ega emas. Buning belgilari – qorin og‘rig‘i, spazmasi, dam bo‘lishidir. Bunday insonlar sut o‘rniga qatiq, suzma, pishloq kabi mahsulotlar iste’mol qilganlari ma’qul. Ularga shuningdek oqsilga boy mahsulotlar (mol, qo‘y, parranda, baliq go‘shtlari, tuxum)ni taomnomalariga kiritish tavsiya etiladi. Organizmda kalsiy yetishmasligi belgilari sezilganda tarkibida kalsiy va D vitamini bo‘lgan preparatlardan foydalaniladi.

    Sut mahsulotlari, shuningdek, allergiya chaqirishi mumkin. Uning belgilari laktozani ko‘tara olmaslik belgilariga o‘xshash bo‘lib, yana terining qichishishi, nafas olishning qiyinlashishi, oyoq-qo‘lning shishishi bilan ham ifodalanishi mumkin. Bu holat hayot uchun xavf solishi mumkinligini inobatga olib, yuqorida sanab o‘tilgan belgilarning birortasi kuzatilishi zahoti, albatta, shifokorga murojaat qiling.

    Sut haqida yetarli ma’lumotga egamisiz?

    Tasdiqlang va Nestle® Sutim’dan sovg‘alarga ega bo‘ling! Tanlov haqida batafsil potrebiteli.uz saytida! Tezkor savol-javob 22 may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

    14.05.2015, 11:21   Izoh (0)   20687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2015-yil 1-choragida 860 ming tonna ko‘mir qazib oldi

    14.05.2015, 09:29

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Britaniya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    14.05.2015, 09:00

    O‘zbekistonda topinambur tuganaklaridan inulin va fruktooligosaxarid olish usuli ixtiro qilindi

    14.05.2015, 08:46

    O‘zbekistonda 2015-yilda 98 nomdagi yangi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi

    14.05.2015, 08:34

    O‘zbekiston 2015-yilning dastlabki uch oyida 49,6 mln dollarlik grantlarni jalb qildi

    13.05.2015, 23:18

    “O‘zbekiston havo yo‘llari” Nyu-York va Kaliningradga haftasiga ikki marta uchadi

    13.05.2015, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liganing 2025/26-yilgi mavsumida “Barselona” g‘alaba qozonadi — Opta

    Sport | 13 avgust, 09:34

    Janubiy Koreya sobiq prezidenti rafiqasi hibsda qanday saqlanadi?

    Dunyo | 13 avgust, 09:33

    Qo‘qonda 120 ming dollar qalbaki kupyuralarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 09:15

    Oq uyda ishlagan, Oksfordni bitirgan, ilmiy daraja olgan: Gollivudning eng aqlli aktyorlari

    Kino | 13 avgust, 09:10

    “Ukraina kelajakdagi urush uchun Rossiyaga tayanch bo‘ladigan hududlarini bermaydi” — Zelenskiy

    Dunyo | 13 avgust, 09:07

    Markaziy bank ikki oyda 23 ta bankni jarimaga tortdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 08:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.