Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z huzurida maslahatchi organga aylanadigan xalqaro Islohotlar kengashining tarkibi to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hujjatga binoan, kengashga rahbar etib Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili tayinlangan. Shuningdek, kengash tarkibiga Yevropa ittifoqi davlatlarining qator sobiq vazirlari, AQSh senatori Jon Makkeyn va Yevroparlament a’zosi Yatsek Sariush−Volskiy kirgan.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Saakashvili 2013-yil noyabrda yangi prezident Gerogiy Margvelashvili inauguratsiyasidan bir necha kun oldin Gruziyani tark etgan bo‘lib, shundan keyin unga nisbatan mamlakatda bir nechta ayblovlar e’lon qilingan. Ukraina uni Gruziyaga topshirishdan bosh tortib kelmoqda.
Izoh (0)