Meksikada AQSh fuqarosi bolalar pornografiyasini tayyorlash va tarqatishda aybdor deb topilib, 199 yilga ozodlikdan mahrum etildi va 96 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi, deb xabar bermoqda NDTV.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u onasining roziligi bilan voyaga yetmagan qizni rasmga olgan va ularni boshqa davlatlardagi buyurtmachilarga elektron pochta orqali jo‘natgan yoki internetga joylashtirgan.
Jinoyatchining ismi oshkor qilinmagan, faqatgina u Meksika g‘arbidagi Kolima shtatida joylashgan Mansanilyo shahrida qo‘lga olingani ma’lum qilingan. Qizning onasiga ham qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh (0)