KXDRning Yaponiya bilan almashuvlar uyushmasi vakili Tokiodan Shimoliy Koreya fuqarolarining noqonuniy hibsga olinishi to‘xtatilishini talab qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu haftada yapon politsiyasi tomonidan KXDRdan noqonuniy importda ayblanib uch kishining qo‘lga olinishi Yaponiyada yashovchi Koreya fuqaolari ligasi (Chxonryon) binolarida tintuv o‘tkazilishi Pxenyanda norozilikka sabab bo‘lgan. Shuningdek, uyushma bu Tokio KXDRning norasmiy vakolatxonasi vazifasini bajaruvchi Chxonryonga nisbatan repressiyani kuchaytirishni istashidan dalolat beradi, deb hisoblashi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Yaponiya KXDRning yadro-raketa dasturi tufayli unga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Tokio va Pxenyan o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud emas, ikkala davlat o‘rtasidagi savdo ham taqiqlangan. Yapon portlari Shimoliy Koreya kemalarini qabul qilmaydi.
Izoh (0)