Boltiqbo‘yi davlatlari yaqin orada o‘z hududida 3 ming nafargacha amerikalik harbiy xizmatchini doimiy asosda joylashtirishni AQShdan so‘ramoqchi. Bu haqda Litva Qurolli kuchlari qo‘mondoni matbuot kotibi kapitan Mindaugas Neymontas ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Uchala davlat Qurolli kuchlari qo‘mondonlari Litva, Latviya va Estoniya hududida tutib turish vositasi sifatida amerikalik harbiylarning doimiy joylashuvini AQShdan so‘rash zarurligi haqida kelishib oldi”, − dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar brigada darajasidagi contingent joylashishini istamoqda, bu esa taxminan 3 ming kishin tashkil etadi. Hozirda ham Boltiqbo‘yi davlatlarida amerikalik harbiylar hozir bo‘lib, ular bir necha oyda almashib turadi, ular uchun aniq muddat belgilanmagan.
Izoh (0)