Farg‘onada Mazda rusumli avtomobilni o‘g‘irlagan kishi uni yo‘l o‘rtasida qoldirib ketdi
Farg‘ona shahri ko‘chalaridan birida signalizatsiya tizimi o‘rnatilmagan Mazda rusumli avtomobil turganini ko‘rgan 32 yoshli shaxs uni o‘g‘irlashga qaror qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Ammo biroz vaqt o‘tib bu harakati to‘g‘riligiga shubha bilan qarab, uncha ko‘p yurmasdan mashinani yo‘lning o‘rtasida tashlab ketadi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tez orada Mazda’ni ham, uni o‘g‘irlagan kishini ham topdi. Endi u o‘z qilmishi uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar