Joriy yil birinchi choragida Toshkentning yalpi hududiy mahsuloti hajmi 8,1 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Yanvar—mart oylarida sanoat ishlab chiqarishi 12,7 foizga, iste’mol tovarlari — 16,6%, qurilish ishlari — 6,5%, chakana savdo aylanmasi — 15%, jami xizmatlar — 14,3%, investitsiya hajmi esa 27,5 foizga o‘sdi.
Shahar yalpi hududiy mahsuloti tuzilmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasi qariyb 60 foizga teng bo‘ldi.
O‘tgan yili Toshkent yalpi hududiy mahsuloti o‘sish darajasi 9 foizni tashkil etgandi.