Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)da 27-mayda “Magistrlar kuni” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tadbir mehmonlari ishlab chiqarishdan uzilmagan holda ta’lim olish uchun mo‘ljallangan magistrlik dasturlari haqida ma’lumot olib, ushbu dasturlarning bitiruvchilari va o‘qituvchilari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
TXVU Buyuk Britaniyadagi Vestminster universitetining “Xalqaro biznes va menejment” (MAIBM) va “Xalqaro tijorat huquqi” (LLM) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlik o‘quv dasturlarini taqdim etadi.
Ushbu dasturlar mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirish yoki yangi yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olish niyatida bo‘lganlar uchun mos keladi.
Izoh (0)