Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahar Ichki ishlar bo‘limiga bir fuqaro o‘zining uyiga bosqinchilik hujumi uyushtirilganini aytib, ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, niqobli bosqinchilar uy egasini urib, pul va boshqa qimmatli narsalarni berishni talab qilgan. Yakunda ular ikkita uyali telefon va 60 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab ketgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan uchala bosqinchi ham qo‘lga olindi. Ular Qarshi shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan kishi, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi 31 yoshli shaxs va Jizzax shahridan kelgan 21 yoshli kishi bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)