O‘zbekistonda Toshkentdagi Fransiya alyansi ro‘yxatdan o‘tkazildi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Yaqin orada ushbu muassasa O‘zbekistondagi Fransiya instituti sobiq binosida ochilishi kutilmoqda.
Nashrning eslatishicha, O‘zbekistondagi Fransiya instituti 2014-yil 30-iyunda yopilgan edi. Institutning asosiy vazifalari fransuz tilini o‘qitish, madaniy tadbirlarni tashkillashtirish hamda ta’lim, stipendiya dasturlari, tanlovlar haqida axborot tarqatishdan iborat edi.
Toshkentdagi Fransiya alyansi Fransiya institutiga o‘xshash funksiyalarni amalga oshiradi. Xususan, u yerda barcha yoshdagi kishilar uchun fransuz tili kurslari o‘tkaziladi.
Izoh (0)