Shirin qiluvchi aspartam (E951)ning inson organizmiga yomon ta’siri borasida iste’molchilardan ko‘plab shikoyatlar tushganidan so‘ng, Pepsi kompaniyasi ichimlik tarkibidan bu qo‘shimchani olib tashlashga qaror qildi, deb xabar beradi “Nur.kz”.
Bu masalani o‘rganishni italiyalik mutaxassislar 2005-yilda boshlagandi. Ular kemiruvchilarga oz miqdordan aspartam berib, tajriba o‘tkazdi.
Tajriba natijasida deyarli barcha kemiruvchilarda onkologik kasalliklar rivojlandi. Ammo amerikalik ilmiy tadqiqotchilar bu ma’lumotni rad qildi va ijobiy natija bergan yuzlab tajribalar o‘tkazganini ta’kidladi.
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, aspartamdan foydalanishga 1980-yilda ruxsat berilgan. U pepsi-koladan tashqari quruq nonushta va saqich tarkibiga qo‘shiladi. U butunlay shakarning o‘rnini bosa oladi.
Izoh (0)