Rossiya Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin Chexiya prezidenti Milosh Zemanning Yevropa ittifoqi va Rossiyaning umumiy kelajagi haqidagi fikrlarini ma’qullab, hozir bu haqda gapirishning ayni vaqti ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Komsomolskaya Pravda”.
“Zeman YeI davlatlari Rossiya tarkibiga qo‘shilishi mumkinligini ham istisno qilmagan edi. Bizning mamlakatimiz ikki mintaqaviy integratsiya − Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Yevropa ittifoqi birlashishi haqida bir necha marta gapirgan”, — dedi Narishkin.
Avvalroq, Chexiya prezidenti Milosh Zeman Rossiya va Yevropa ittifoqi iqtisodiyotlari birlashuvini orzu qilishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xomashyo resurslari va zamonaviy texnologiyalar birlashib, barcha davlatlarning rivojlanishiga yordam beradigan iqtisodiyot hosil qilish mumkin.
Izoh (0)