Buxoro viloyatining ma’muriy markazi bo‘lmish Buxoro shahrida ilk marotaba O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ekomobil taqdim etildi, deb xabar bermqoda “12news.uz”.
Yangi avtomobil Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasining Buxoroda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichi doirasida taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan joriy yilning kuzidan boshlab ekomobillarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi, ya’ni deyarli barcha modellar gaz uskunalari bilan chiqarila boshlashi xabar berilgan edi.
Izoh (0)