“O‘zekspomarkaz”da 27—28-aprel kunlari “Hordiq dunyosi” Xalqaro O‘zbekiston sayyohlik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Pr.uz”.
Ko‘rgazma doirasida BMT Xalqaro sayyohlik tashkilotining xalqaro ilmiy-amaliy anjumani, AK-SAY (Qirg‘iziston) sayyohlik kompaniyasi taqdimoti, O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari vakillari va “HostedBuyers/Professional xaridorlar” maxsus dasturi ishtirokchilari o‘rtasida B2B formatidagi biznes uchrashuv, “Ipak yo‘li mazasi” milliy taomlar festivali o‘tkaziladi.
Shuningdek, retro avtomobillar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Unda chiqarilganidan buyon kamida 60 yil o‘tgan 20 ta noyob avtomobillar namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 19-aprel, yakshanba kuni Toshkent shahrida joylashgan Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida retro-avtomobillar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi xabar berilgan, biroq keyinroq ushbu ko‘rgazma bekor qilingan edi.
Izoh (0)