Amerikalik tadbirkor Leonard Blavatnik The Sunday Times gazetasi tomonidan har yili tuzib boriladigan Buyuk Britaniyaning eng boy kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
1957-yilda hozirgi Ukrainaning Odessa shahrida tug‘ilgan va maktabni Moskvada tugatgan Blavatnikning mablag‘i 13,17 milliard funt sterling (19,91 milliard dollar) ga baholangan. O‘tgan yili ushbu reytingda to‘rtinchi o‘rinda ko‘rsatilgan millarder metallurgiya, neft qazib chiqarish, raqamli OAV singari turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadi.
Ikkinchi o‘rinda 13 milliard funt (19,65 milliard dollar) bilan, aka-uka Xindujalar, uchinchi o‘rinda 11 milliard funt (16,63 milliard dollar) bilan Galen va Jorj Veston ko‘rsatilgan. Rossiyalik Roman Abramovich esa 7,29 milliard funt (11,02 milliard dollar) bilan o‘ninchi o‘rinni egallagan.
Izoh (0)