Polsha Ikkinchi jahon urushiga O‘zbekiston hududidan frontga ketgan ikki zobitning qabrini ularning qarindoshlari iltimosiga ko‘ra qidirib topdi, deb xabar bermoqda “Noviy vek”.
Polshaning Toshkentdagi elchixonasida 24-aprel, juma kuni halok bo‘lganlarning qarindoshlariga tegishli hujjatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ulardan biri Dragunkin Stepan Abramovich 1945-yil 7-aprel kuni, Ismoil Isxoqov 1945-yil 27-yanvar kuni halok bo‘lgan.Polshaning O‘zbekistondagi elchisi Marian Pshezdzetskining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida ham Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli 16 nafar polshalikning qabri mavjud va ular juda yaxshi saqlangan.
Izoh (0)