2014-yilda Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotiga 25 milliard yevro zarar keltirdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Davlat dumasiga hukumat faoliyati yuzasidan topshirgan hisobotida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Joriy etilgan cheklovlar iqtisodiyotimizga sezilarli zarar yetkazdi, buni berkitishga hojat yo‘q. Xorijlik ekspertlarning hisoblariga ko‘ra, Rossiya 25 milliard yevro (yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizi) zarar ko‘rgan. 2015-yilda bu bir necha marta oshishi mumkin”, — dedi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotning sanksiyalar ta’sir qilmagan deyarli birorta sohasi qolmagan. Medvedev aynan qanday sanksiyalar ta’sir ko‘rsatganiga aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)