Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

22-aprel, chorshanba kuni Yaponiya bosh vaziri Shinjo Abening Tokiodagi rasmiy qarorgohi tomida kamera bilan jihozlangan kichik uchuvchisiz uchar qurilma aniqlandi, deya xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” agentligi “Kiodo”ga tayanib.

Arxiv. Foto: “RIA Novosti”

Arxiv. Foto: “RIA Novosti”

“Bosh vazir qarorgohi tomida topilgan mitti qurilma — dronning diametri 50 sm bo‘lib, nimasi bilandir tutun hosil qiladigan shashkaga o‘xshab ketadi”, — deb yozadi agentlik.

Politsiya uchar qurilmaning qayerdan paydo bo‘lgani va u Tokiodagi kuchli qo‘riqlanadigan obyektga qanday kelib qolganini aniqlashga urinmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi