Braziliya janubida tornado ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi va 120 kishiga jarohat yetkazdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Santa-Katarina shtati fuqarolik mudofaasi xizmatiga tayanib.
Ofat mamlakat janubidagi Shanshere shahriga yopirilgan, tornadodan so‘ng uning 30 foizi vayron bo‘lgan. Minglab kishilar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, kuchi shamoldan 2,6 mingta imorat jiddiy zarar ko‘rgan.
Shamol tezligi soatiga 84 kilometrga yetgan. Shifokorlarga jami 300 jabrlanuvchi murojaat qilgan, ularning 120 nafari turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Shamol elektr uzatish liniyalari ustunlarini qulatgani uchun shahar elektr tokisiz qolmoqda. Braziliya hukumati voqea joyiga 100 nafar harbiy xizmatchi yo‘naltirdi, ular xarobalarni tartibga keltirish va shahar ko‘chalarini tozalashga yordam beradi.
Izoh (0)